» » Boyovut tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlandi

Boyovut tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlandi


Bugun, 18-fevral kuni, xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, unda deputatlar Ulmasjon Mamadaminov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimiga Dilfuza Uralova Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladi.

Dilfuza Uralova 2012-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi hisoblanadi.

1985—1990-yillar mobaynida Guliston davlat universiteti talabasi, 1990—2001-yillarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001—2010-yillarda  Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan.

2010—2015-yillarda  Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2015—2017-yillar mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2017-yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

Boyovut tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlanishi munosabati bilan Telegramdagi “Ne molchi” kanali O‘zbekiston tarixida avval hokim bo‘lib ishlagan 3 nafar ayol haqida eslatib o‘tdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют