» » O‘zbekistonda 1-apreldan Soliq kodeksining eski tahririda ko‘zda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi

O‘zbekistonda 1-apreldan Soliq kodeksining eski tahririda ko‘zda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi


Prezidentning 2019-yil 27-iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan qishloq xo‘jaligi, qurilish, import, savdo va boshqa sohalarda QQS bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, avtomobilsozlik sohasidagi individual imtiyozlar bekor qilingan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida eslatib o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.

— 2019-yil 1-yanvargacha O‘zbekistondagi 300 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektidan 7 mingtasi qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan, — dedi Fazliddin Umarov. — Bu islohotlardan keyin qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni ko‘payib, 83 mingdan oshdi. Bu jarayondagi o‘zgarishlar soliq yukining hammaga teng taqsimlanishi bilan izohlanadi.

Matbuot anjumanida yangi tahrirdagi Soliq kodeksidagi me’yor va imtiyozlar haqida ham so‘z bordi. Unga muvofiq, Soliq kodeksining eski tahririda nazarda tutilgan imtiyozlar 2020-yil 1-aprelidan boshlab bekor qilinishi belgilangan.

Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat bo‘yicha soliq imtiyozlari saqlanib qolindi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchini yo‘qotmaydi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq imtiyozlari berishning yangi tamoyili joriy etildi. Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari (QQS, aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari) Prezident qarori bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish va uch yil muddatga berilishi mumkinligi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют