» » O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasini pasaytirish rejalashtirilmoqda, shu bilan birga, ushbu soliqni to‘lovchilar doirasi kengaytiriladi va taqdim etiladigan imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 29-dekabrdagi qarorida aytiladi, hujjat bilan mamlakat davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari tasdiqlangan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

QQS stavkasini pasaytirish bo‘yicha takliflar Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan hamkorlikda 1-iyulgacha tayyorlanishi kerak.

Davlat budjetiga QQSdan tushadigan daromadlar 2018-yilda 22,019 trillion so‘m yoki barcha daromadlar (62,229 trillion so‘m)ning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

29-dekabrdagi qaror bilan, shuningdek, 2018-yilning 1-aprelidan shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, shu sanadan yuridik shaxslar daromadlariga soliq, eksportchi korxonalarning yagona soliq to‘lovi bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Опубликовано: admin (31-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют