» » Ko‘chmas mulk solig‘i stavkasi qayta ko‘rib chiqildi

Ko‘chmas mulk solig‘i stavkasi qayta ko‘rib chiqildi


1-yanvardan jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘i ko‘chmas mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 29-dekabrdagi qarorida aytiladi, hujjat bilan mamlakat davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari tasdiqlangan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bungacha soliq stavkasi ko‘chmas mulk inventar qiymatining 1,7 foizini tashkil qilardi. Endi esa u kadastr qiymatining 0,2 foiziga teng bo‘ladi.

Soliq yuklamasi keskin o‘sib ketishi oldini olish uchun, qarorda soliq summasi 2017-yil uchun hisoblangan summadan 20 foizdan ko‘proq oshib ketishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.

Soliq solish maqsadida ko‘chmas mulkning kadastr qiymatini aniqlash tartibi hukumat tomonidan fevralgacha tasdiqlanishi kerak. Minimal qiymat 42 million so‘m deb belgilandi (bungacha minimal inventar qiymat 3 million so‘m edi).

Опубликовано: admin (31-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют