» » Yunusobodda Nexia haydovchisi bir necha bolani urib yuborgani bo‘yicha sud ishiga jurnalistlar kiritilmadi

Yunusobodda Nexia haydovchisi bir necha bolani urib yuborgani bo‘yicha sud ishiga jurnalistlar kiritilmadi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tumani sudida 18-fevral, seshanba kuni, fuqaro Larisa Tolmachyova ustidan navbatdagi sud ishi boshlandi. Ayol 2019-yilning 4-iyun kuni Yunusobod tumanida o‘z avtomobilida to‘rt nafar o‘smirni bosib ketgan edi. Bolalardan biri voqea joyida vafot etgan. Sud majlisi ochiq hisoblanadi, biroq Repost nashri jurnalistlari sud zaliga kiritilmagan.

O‘smirning o‘limi bo‘yicha ish jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan. Vafot etgan o‘smirning amakisi Mixail Axperjanyans bir necha marta jurnalistlarni sud majlisida ishtirok etishga va voqealarni keng yoritishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Toshkentda Nexia haydovchisi bir necha bolani urib yuborgani yuzasidan tergov deyarli yakunlangani ma’lum qilindi

Nashr tomonidan ma’lum qilinishicha, uning jurnalistlari sud zaliga kirishga uringan. Sudya Elza Shamsutdinova dastlab barcha audio va video yozuvchi qurilmalardan foydalanishni taqiqlagan va buning sababini tushuntirmagan. Keyinroq sudya majlisni to‘xtatib, sud ishtirokchilaridan nashr jurnalistlarining majlisda ishtirokiga qarshilik bor yoki yo‘qligini so‘ragan hamda o‘z yordamchisiga jurnalistlarning barcha qurilmalarini olib qo‘yishni aytgan.

“Biz sizga ruchka va qog‘oz beramiz, yozib oling”, — deb aytgan sudya Elza Shamsutdinova.

Jurnalistlar vaziyatga izoh berishni so‘raganda, sudya ularning majlisda ishtirok etishiga ruxsat bermagan va ulardan chiqib ketishni so‘ragan.

Nashrning yozishicha, Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov bunday holatlar qayta takrorlanmasligini va nashrning jurnalistlari bundan buyon sud majlisida ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda IIB xodimi tomonidan kaltaklangan fuqaroning ishi bo‘yicha sud majlisiga “Sevimli” telekanali jurnalistlari kiritilmagan, Oliy sud esa bu holatga izoh bergan edi. Avvalroq esa “Qalampir.uz” internet nashri jurnalisti Zafarbek Solijonov 22-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga kiritilmagan edi. 2019-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sardor Sodiqov poytaxtdagi bozorlar rahbarlari ishi bo‘yicha majlis boshlanishidan oldin “Gazeta.uz” muxbiri Shuhrat Latipovni sud zalidan chetlashtirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют