» » Yunusobodda uch o‘smirni urib yuborgan haydovchi ayolga hukm o‘qildi

Yunusobodda uch o‘smirni urib yuborgan haydovchi ayolga hukm o‘qildi


42 yoshli Larisa T. 4-iyun kuni voyaga yetmagan S.Ya., S.I. va A.G.larni mashinada urib yuborgan va natijada A.G. voqea joyida vafot etgan. Kecha, 6-iyun kuni 42 yoshli Larisa T.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yunusobod tumani Jinoiy ishlar bo‘yicha sudi Larisa T.ning uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini va u oiladagi yagona boquvchi ekanligini, muqaddam sudlanmaganligini, doimiy turar joy va ish joyiga egaligini inobatga olgan holda unga nisbatan uy qamog‘i jazosini qo‘lladi ( O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 242-1 moddasi).

Sud ayblanuvchi Larisa T.ga nisbatan quyidagi taqiqlar (cheklovlar) o‘rnatdi:

Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют