» » Toshkentda 8 kunda 5 kishi YTH qurboni bo‘ldi. Javobgarlarga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi?

Toshkentda 8 kunda 5 kishi YTH qurboni bo‘ldi. Javobgarlarga nisbatan qanday jazo qo‘llaniladi?


Toshkentda 25-sentabr — 2-oktabr kunlari oralig‘ida inson o‘limi bilan bog‘liq kamida to‘rtta yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Ushbu hodisalar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Mazkur holatlar jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Soat 8:00 atrofida Bunyodkor shoh ko‘chasining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida, “Oq tulpor” restorani qarshisida 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti 1981-yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan. Jabrlanuvchi hodisa joyida vafot etgan. Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

18:20 atrofida Amir Temur shoh ko‘chasining Yunusobod tumanidan o‘tgan qismida 1988-yilda tug‘ilgan haydovchining boshqaruvidagi Captiva avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 1991-yilda tug‘ilgan erkakni urib yuborgan. Jabrlanuvchi piyoda hodisa joyida vafot etgan. Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Soat 19:20 atrofida Yunusobod tumanidagi Osiyo ko‘chasida (Irrigatsiya instituti yotoqxonasi qarshisida) 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi Spark mashinasini boshqarib ketayotib, 1995-yilda va 1987-yillarda tug‘ilgan ikki ayolni urib yuborgan, zarbdan ular qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga borib urilgan. Jabrlanuvchilarning har ikkisi Toshkent tibbiyot akademiyasida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (“transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Taniqli jurnalist Galina Chebakova yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 79 yoshli ayolni iti bilan sayr qilib yurgan vaqtda mashina urib ketgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas, shahar IIBB bu hodisa bo‘yicha hozircha rasmiy axborot bergani yo‘q.

266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish

Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-10-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют