» » Ohangaronda ro‘y bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Ohangaronda ro‘y bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi


Ohangaron tumani hududida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Aytilishicha, Guliston – Angren avtomobil yo‘lining 159 kilometrida Nexia avtomashinasi yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda yengil avtomashina haydovchisi va uch nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent viloyati hududida 900 dan ziyod yo‘l transport hodisalari sodir etilib, ularning natijasida yuzlab insonlar turli og‘irlik darajasidagi tan jarohatlari olishgan, o‘nlab insonlar halok bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют