» » “Toshkent—Ohangaron” yo‘lidagi avariya oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

“Toshkent—Ohangaron” yo‘lidagi avariya oqibatida Nexia haydovchisi halok bo‘ldi


1993-yilda tug‘ilgan o‘rtachirchiqlik haydovchi T.J. Nexia’ni boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan, 1990-yilda tug‘ilgan to‘ytepalik A.J. boshqaruvidagi VAZ-2107 avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, hodisa 14-aprel kuni soat 22:30 larda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent—To‘ytepa—Ohangaron” yo‘lining 36-kilometrida yuz bergan.

Natijada Nexia haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning yo‘lovchilari — 1992-yilda tug‘ilgan bo‘kalik P.U., 1998-yilda tug‘ilgan o‘rtachirchiqlik T.K. va VAZ-2107 haydovchisi A.J. turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют