» » Yangiyo‘l tumanida yuz bergan YTHda olti kishi halok bo‘ldi

Yangiyo‘l tumanida yuz bergan YTHda olti kishi halok bo‘ldi


Yangiyo‘l tumani hududida olti nafar shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy saytida xabar berildi.

6-sentabr kuni Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 832-kilometrida Nexia avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, yana ikkita Nexia avtomashinalari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida olti nafar shaxs, shu jumladan bir nafar voyaga yetmagan shaxs voqea joyida vafot etgan. Yana olti nafar shaxs turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют