» » Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir ayol va emizikli bola halok bo‘ldi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir ayol va emizikli bola halok bo‘ldi


13-aprel, payshanba kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki nafar inson shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Yo‘l-transport hodisasi Mirzo Ulug‘bek tumanining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan — Lacetti avtomobili daraxtga urilgan. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, kuchli to‘qnashuv oqibatida avtomobilni boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Mashinada u bilan birga o‘zining ikki nafar farzandi ham bo‘lgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning joni poytaxt shifoxonalaridan birida uzilgan, ayolning 9 yoshli qizi esa Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik markaziga yetkazilgan. Shuningdek, avtomobilda 35 yoshli ayol ham bo‘lgan, u poytaxt shifoxonalaridan biriga joylashtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya ayol avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani sabab yuz bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют