» » Vestminster universiteti xodimini urib ketgan Bosh prokuratura haydovchisiga hukm chiqarildi

Vestminster universiteti xodimini urib ketgan Bosh prokuratura haydovchisiga hukm chiqarildi


15-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Vestminster universitetining 58 yoshli xodimini urib ketgan 31 yoshli J. Aga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Mazkur hodisa 24-yanvarda sodir bo‘lgan, o‘sha vaqtda Lacetti avtomobili haydovchisi Yashnobod tumanidagi Shahrisabz va Taraqqiyot ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar o‘tish joyida mashinani to‘xtatmay, erkak piyodani urib yuborgan. Piyoda Vestminster universitetining xodimi (1960-yilda tug‘ilgan) bo‘lgan. 29-yanvarda erkak olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, J. Abdurahmonovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi J. Abdurahmonovga 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. J. Abdurahmonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют