» » Nur-Sultonda qor bo‘ronlari sabab maktablarda darslar bekor qilindi, trassalar yopildi

Nur-Sultonda qor bo‘ronlari sabab maktablarda darslar bekor qilindi, trassalar yopildi


Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga yopirilgan qon bo‘roni sabab maktablardagi darslar bekor qilindi, deb xabar beradi Tengrinews.

Shahar ta’lim boshqarmasining ma’lum qilishicha, ob-havoning yomonlashgani sabab maktablarning birinchi smenasida o‘qiyotgan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar hamda kollejlarning 1, 2-kurs talabalari uchun darslar bekor qilingan.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti sabab Nur-Sulton—Shuchinsk, Nur-Sulton—Otbosar va Nur-Sulton—Qarag‘anda trassalari yopilgan.

Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi fuqarolarga 18—19-fevral kunlari Qozog‘iston poytaxtida kuchli qor bo‘roni kutilayotgani haqida SMS xabarlar jo‘natgan. Bunda shamol tezligi soniyasiga 23 metrga yetishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют