» » Go‘zal ko‘rinishga yordam beruvchi kiyim-kechaklar

Go‘zal ko‘rinishga yordam beruvchi kiyim-kechaklar


Biz ko‘pincha buyumlarni shoshilib, asosiy liboslarimiz bilan mos kelish-kelmasligini o‘ylab o‘tirmasdan sotib olamiz.

Aslida shkafida kamroq kiyimlari bo‘lganlar yutib chiqishadi. Ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lish uchun asosiy liboslaringizga mos keladigan bir nechta buyumlarning bo‘lishi kifoya qiladi. Bular qanday kiyimlar?

Qomatning fazilatlarini bo‘rttirib va kamchiliklarini yashirib turadigan mukammal bichimli va oxirgi modadagi ko‘ylak maxsus kechalar uchun ham, kundalik kiyish uchun ham mos keladi. Uni o‘ziga taalluqli aksessuarlar bilan kiyish yetarli bo‘ladi.

Belning xipchaligini ta’kidlovchi buyumlar ko‘rinishga latofat baxsh etadi. Shu bilan birga qomatni biroz uzaytirib ham ko‘rsatadi.

Qizil — eng dadil ranglardan biri. Shu rangdagi yubkami, shimmi yoki topmi — nima bo‘lishi unchalik muhim emas, sotib olsangiz har qanday holatlarda ham hamma liboslaringiz bilan kiyishga juda munosib variant hisoblanadi.

Bir juft kamar sotib olish bilan garderobingizga tubdan o‘zgartirish kiritsangiz bo‘ladi. To‘qilgan kamar-korsetlarga e’tibor bering: ular belni juda chiroyli ravishda bo‘rttirib ko‘rsatadi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют