» » Toshkent shahrida eski maishiy texnikani to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha aksiya boshlandi

Toshkent shahrida eski maishiy texnikani to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha aksiya boshlandi


Toshkent shahrida 11-apreldan elektron va elektrotexnik chiqindilarini yig‘ish, utilizatsiyashtirish va qayta ishlash bo‘yicha “Tabiatga imkon ber” ekologik aksiyasi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Aholi va korxonalarning elektron chiqindilari MediaPark’ning barcha savdo markazlarida qabul qilinadi. Aksiya qatnashchisi ushbu markazlarga televizor, muzlatgich va boshqa yirik hamda mayda maishiy texnikani topshirib, tarmoqning chegirmali kuponiga ega bo‘ladi.

Kupon yordamida 50 mingdan 250 ming so‘mgacha chegirma bilan yangi mahsulot sotib olish mumkin. Shunisi ham borki, chegirmalar tizimi hozircha barcha toifadagi mahsulotlarga ham tatbiq etilmaydi. 

Umrini o‘tab bo‘lgan og‘ir buyumlarni savdo markaziga shaxsan olib kelishning hojati yo‘q. Aksiya doirasida yengil yuk mashinalari chaqiriq bo‘yicha uy yoki ofisga keladi va texnikani olib ketadi.

Yo‘nalishga 11 ta avtomobil chiqdi, biroq yaqin orada ularning soni 50 tadan oshishi kutilmoqda. Poytaxtda elektron chiqindilarni to‘plash mobil punktlari ham ochiladi.

Aksiya doirasida kelib tushgan chiqindilar qayta ishlashga yuboriladi. Buning uchun “Toshrangmetzavod” bazasida “Toshrangmetzavod Recycling” MChJ tashkil etildi. Hosil bo‘lgan xomashyodan xalq uchun iste’mol mollari tayyorlanadi. 

Опубликовано: admin (11-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют