» » Toshkentdagi barcha mahallalarda kutubxonalar va maishiy xizmat shoxobchalari tashkil etiladi

Toshkentdagi barcha mahallalarda kutubxonalar va maishiy xizmat shoxobchalari tashkil etiladi


Toshkentda shaharning barcha 505 ta mahallasini qamrab oluvchi “Zamonaviy mahalla” loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov bu haqdagi qarorni 31-mart kuni imzolagan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yangi mahalla markazlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni tashrif buyurgan Toshkentning Yunusobod tumanidagi Uvaysiy mahallasi namunasida bunyod etiladi.

13 ko‘p qavatli uydan iborat va 5400 kishi istiqomat qiladigan ushbu mahallada mahalla fuqarolar yig‘ini rahbariyati uchun inshoot, choyxona, novvoyxona, go‘zallik saloni, do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari, favvora, 2000 ta kitobi va internetga kirish imkoni bo‘lgan kutubxona qurilgan. Videokuzatuv tizimi yo‘lga qo‘yilgan, yo‘llar yoritilgan, o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Mahalla ahli bilan muloqot qilarkan, Prezident bu kabi mahalal markazlarini O‘zbekistonning barcha hududlarida tashkil etish lozimligini ta’kidlagan edi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimovaning ta’kidlashicha, “Zamonaviy mahalla” loyihasida barcha manfaatdor tadbirkorlar qatnashishi mumkin. Ayni vaqtda, loyihada “majburiy ishtirok etish” haqida gap yo‘q, hukumat tashabbus odamlarning o‘zidan chiqishidan manfaatdor. Tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Loyihaga ko‘ra, mahalla markazlarida hordiq chiqarish uchun o‘rindiqlari bor obodonlashtirilgan hududlar, bolalar va sport bilan shug‘ullanish uchun maydonchalar tashkil etiladi. Bundan tashqari, go‘zallik salonlari, novvoyxonalar, poyabzal va maishiy texnikani ta’mirlash bo‘yicha ustaxonalar, kichik atelyelar, kutubxona va boshqa obyektlar barpo etiladi.

“Mahalla” fondining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Ahror G‘ulomovning ta’kidlashicha, yangi mahalla markazlarini bunyod etish bo‘yicha ishlar 1-noyabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha nafaqat odamlarning yashash sharoitlarini yaxshilaydi, balki o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun ham yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishi natijasida ko‘plab odamlar uyiga yaqin joyda ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Loyiha natijasida 25—30 ming kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют