» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning barcha hududlarida Uvaysiy mahallasidagi kabi mahalla markazlarini bunyod etish haqida korsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekistonning barcha hududlarida Uvaysiy mahallasidagi kabi mahalla markazlarini bunyod etish haqida korsatma berdi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bolib, bu yerda fuqarolar yigini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Mahalla hududida asosan kop qavatli uylar joylashgan. Ushbu turar joylarda yashaydigan 5 ming 400dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor. Yangi mahalla markazi odamlarni ozaro yaqinlashtirishga, xalqimizga xos dostlik, hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda, deyiladi OzA axborotida.

Markazda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar qurilgan, ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebellar, tegishli adabiyotlar bilan taminlangan.

Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obyektlariga ornatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan.

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot ornatishi, kochalar va jamoat joylarini qatiy nazoratga olishi zarurligini takidladi. Odamlar ishga ketayotganda ham, ishdan qaytayotganda ham oz mahallasida avvalo profilaktika inspektori va posbonlarni korsa, kongli tinch-xotirjam boladi.

Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga mashinalar bilan taminlash, ularning yashashi va samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish boyicha zarur korsatma va topshiriqlar berildi.

Markazda barpo etilgan turli kitoblar, kompyuterlar va internet, minglab elektron adabiyotlar bazasiga ega kutubxona aholining bosh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, yoshlar ortasida kitobxonlik madaniyatini keng yoyishda ayni muddao bolmoqda.

Korkam choyxona, novvoyxona, Gozallik salonlari, dokonlar, sport va bolalar maydonchalari odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi manaviy muhit barqarorligini taminlashga xizmat qilmoqda.

Mahalla ahli bir oila kabi ishonchli, mustahkam rishtalar bilan ozaro uzviy boglanishi kerak. Buning uchun mahalla faollari, profilaktika inspektori har bir oila ahvolidan, quvonchu tashvishidan doimo xabardor bolishi, ozaro ahillik va hamjihatlik targibotchisiga aylanishi lozim. Shundagina odamlar mahallaga kelib oz fikrini, taklifini, dardini bemalol aytadi, muammosiga yechim topadi.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Toshkent shahrida, qolaversa, Ozbekistonning barcha hududlarida mana shunday mahalla markazlari bunyod etish, aholi bilan doimiy muloqot ornatish, profilaktika inspektorlariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini taminlash, voyaga yetmaganlar bilan samarali ishlashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish boyicha korsatmalar berildi, deyiladi OzA xabarida.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (25-03-2017, 18:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -