» » Nukusda reyd: uylarning oldidagi sun’iy to‘siqlar olib tashlandi

Nukusda reyd: uylarning oldidagi sun’iy to‘siqlar olib tashlandi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yongin xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning 2017-yil 14-fevral kunidagi 20/113-sonli ko‘rsatmasiga asosan “Profilaktika kuni” tadbirida bir qator tadbirlar belgilanib amalga oshirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi katta muhandisi mayor Anvar Jumashov xabar berdi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.

Jumladan, 2017-yil 2-mart kuni Nukus shaxri “Qutli makan” MFY hududida o‘tkazilgan “Profilaktika kuni” tadbiriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yongin xavfsizligi boshqarmasi va Nukus shahar IIB YoXB hamda Nukus shahri 1-sonli XYoXOdan jami 32 nafar xodim, Nukus shahar gaz filialidan 5 nafar mutaxassislar jalb etilib, ular tomonidan mahalla hududida joylashgan 492 ta aholi uylari yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi, fuqarolar bilan yong‘inlar oldini olish va qoidalarga rioya qilish haqida keng turda suhbat o‘tkazildi va yo‘riqnomalar berildi.

Shular bilan bir katorda Nukus shahri “Qutli makan” MFY, 23-kichik tumanda joylashgan ko‘chalarga va ko‘p qavatli uylarning oldilariga o‘rnatilgan 21 ta sun’iy to‘siqlar aniqlanib, Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahalla faollari hamda uyboshi maslahatchilari va tegishli mas’ul idoralar bilan hamkorlikda barcha to‘siqlar olib tashlanishiga erishildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan Respublika hududida joylashgan maskanlar hamda aholi uylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют