» » Qoraqalpog‘iston bojxonasida dronlar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

Qoraqalpog‘iston bojxonasida dronlar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut ata” chegara-bojxona posti xodimlari shovotlik K.Amonov tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasi noqonuniy ravishda olib kirilishining oldini oldi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar bermoqda. 

Buxorolik Sh.Xalilov ham mazkur post orqali kirib kelar ekan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona xodimlarining og‘zaki surishtiruvlari paytida ma’lum qilinmagan 2 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, 29 dona Laser Led Pen lazerli nur tarqatgich ruchkalarni olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, “Beyneu — Nukus” yo‘lovchi poyezdi amaldagi tartiblarga muvofiq bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchilardan biri R.Ataxanov uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh qilindi.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 2016-yilda salkam 4,5 million so‘mlik 9 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi Respublikaga olib kirilishining oldi olindi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют