» » Qarshi shahrida barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim tashkil etiladi

Qarshi shahrida barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida 25-fevral kuni Qarshi shahridagi Gulshan mahallasida fuqarolar yig‘ini xodimlari va profilaktika inspektori birgalikda ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarshi shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlarining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirilgani buning dalilidir.

Mahalla idorasining zamonaviy binosida barcha sharoit yaratilgan. Mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilib, kompyuter, mebel, tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan.

Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obyektlariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan.

Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak, dedi O‘zbekiston Prezidenti. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi kerak. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul — hammasini bilishi lozim. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo‘ladigan maskanga aylantirishdir.

Qarshi shahridagi barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan bog‘lovchi optik tolali tizim barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют