» » Shavkat Mirziyoyev Qarshida Alisher Navoiy nomidagi bog‘ning rekonstruksiyasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshida Alisher Navoiy nomidagi bog‘ning rekonstruksiyasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari doirasida 25-fevral kuni Qarshi shahrida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Asinza-BZ” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 8,7 milliard so‘mni tashkil etadigan madaniyat va istirohat bog‘ida shahar aholisi, ayniqsa, bolajonlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi.

Bu yerga Xitoyning Zhengzhou Beston Amusement Equipment Co. Ltd. kompaniyasida ishlab chiqariladigan zamonaviy attraksionlar olib kelib o‘rnatish, zamon talablari asosida sport va bolalar maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda.

“Asosiy maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bog‘da yashil maysazorlarni ko‘paytirish, turfa gul va manzarali daraxtlar ekish, bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 1) ( 83) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...