» » Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi

Toshkentda yerusti metro yo‘li tagidagi joylar tadbirkorlarga taklif qilindi


Yashnobod tuman hokimligi yangi barpo etilayotgan yerusti metro yo‘lining “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan 11,2 kilometr masofani yanada obod etish, aholiga qulaylik yaratish uchun tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur metro yo‘li bo‘ylab aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, velo va yugurish yo‘laklari bunyod etish ko‘zda tutilgan.

“Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shahrimiz chiroyiga chiroy qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilgan hamshaharlarimizni yangi loyihalari bilan kutamiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgan. Oraliq yo‘nalishidagi 2,3 ming metr masofada dastlabki poyezdlar sinov tariqasida harakatlangan.

Mavzuga doir: Toshkent metrosining Do‘stlik–Qo‘yliq uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют