» » Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan metro 2019-yilning sentabridan ishga tushiriladi

Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan metro 2019-yilning sentabridan ishga tushiriladi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy yilning sentabr oyigacha yer osti metropolitenining birinchi qismini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Biz ‘Do‘stlik’ metro bekatidan ‘Qo‘yliq’ bozorigacha uzunligi 11 kilometr bo‘lgan dastlabki bosqichni joriy yilning sentabrigacha ishga tushirishni rejalashtirganmiz”, — deb ta’kidlagan kompaniya vakili.

Metro halqa yo‘lining umumiy uzunligi 52 kilometrdan oshadi. Harakatlanish o‘rtacha tezligi 60 kilometr bo‘ladi.

2017—2021-yillarga mo‘ljallangan loyiha besh bosqichdan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 35 ta stansiyalar qurish rejalashtirilgan.

Yangi metro Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlaridan o‘tadi.

Xabarda aytilishicha, metro halqa yo‘li kuniga 40 mingga yaqin yo‘lovchilar tashiydi. Beshta bosqich ishga tushirilganidan keyin esa ularning soni taxminan bir millionga yetadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют