» » Toshkent bo‘ylab osma ko‘prik turidagi yer usti metrosi quriladi

Toshkent bo‘ylab osma ko‘prik turidagi yer usti metrosi quriladi


O‘tgan hafta internetda allaqanday qurilish fotosuratlari tarqalib ketgandi, deb yozadi “Nuz.uz”. Facebook’dagi guruhlardan birining a’zolari “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliqqacha metro qurilayotganini ta’kidladi. Nashr Toshkent metropoliteni uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga izoh so‘rab murojaat qildi.

Temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududda haqiqatan ham metropoliten qurilishi boshlangan, ammo u osma ko‘prik ko‘rinishidagi yer usti metrosi bo‘ladi.

“Prezident qaroriga muvofiq, Toshkentda elektrlashtirilgan tezyurar ikki yo‘lli halqa temir yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi”, — dedi u. Dastlab elektrichka qurish rejalashtirilgan, ammo imoratlar buzilishining oldini olish uchun, shuningdek, chet ellik mutaxassislar bilan birga olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng osma ko‘prik turidagi yer usti metrosini qurish bo‘yicha yangi qarorga kelingan. “Shaharning rejasi, mavjud imoratlar, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari maksimal darajada saqlab qolinadi”, — dedi temir yo‘l kompaniyasi vakili.

Yo‘llarning umumiy uzunligi 52,1 km bo‘ladi. Ular yer osti metropolitenining allaqachon mavjud, qurilayotgan va rejalashtirilayotgan yo‘llari bilan kesishadi. Tayyorgarlik davrini hisobga olganda, qurilish muddati — 4 yil — 2017-yildan 2021-yilgacha. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 35 ta yer usti metro bekatlari quriladi. Halqa metro yo‘lining dastlabki qiymati 422,3 million dollarni tashkil etadi.

Rejalashtirilayotgan halqa yo‘li Yashnobod, Yakkasaroy, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют