» » Sergeli va Yunusoboddagi metro qurilishi qaysi bosqichda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Sergeli va Yunusoboddagi metro qurilishi qaysi bosqichda ekanligi ma’lum bo‘ldi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi metro qurilishi ishlar jadallik bilan borayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.

“17-oktabr holatiga ko‘ra, Sergeli tarmog‘i loyihasida ko‘zda tutilgan 692 ta tayanch ustuni uchun, 108 ta tayanchning ostiga kotlovanlar qo‘yib chiqilgan, 75 ta tayanch ustunining poydevori betonlangan, 70 juft tayanchning konstruksiyasi armaturalangan va boshqa turdagi ishlar bajarilgan. Bundan tashqari, estakada (osma ko‘prik) tayanchlaridagi 19 ta rigel montaj qilingan (loyihada jami 174 tasi ko‘zda tutilgan)”, — deya aniqlik kiritishdi.

Ikkita smenada tashkil qilingan qurilish ishlarida 100 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda, 25 tadan ortiq zamonaviy qurilish texnikasi jalb qilingan. Loyihada 7,1 km yo‘l qurilishi rejalashtirilgan. Unda 6 ta yer usti bekati joylashadi.

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘li ikkinchi bosqichi qurilishi ham shunday jadal sur’atlarda bormoqda. Qurilish ishlarida 90 ga yaqin kishi, 18 ta mashina va mexanizmlar qatnashmoqda. Ko‘zda tutilgan 254,2 ming kubometr hajmdagi qazish ishlarining 245 ming kubometri amalga oshirildi. Mavjud tunnelning birikkan qismiga kotlovan mahkamlash ishlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют