» » Sergelidagi yer usti metrosi qurilishi to‘xtatilgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

Sergelidagi yer usti metrosi qurilishi to‘xtatilgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi


So‘nggi paytlarda odamlar o‘rtasida Toshkentning Sergeli tumanida qurilayotgan yer usti metrosi qurilishi to‘xtatilgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligida 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojiyev mazkur mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“Sergelidagi yer usti metrosi qurilishining to‘xtatilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatdan yiroq. Metro qurilish ishlari o‘z maromida davom ettirilmoqda. Hozirda metro qurilishida foydalaniladigan ustunlar hamda ularni bog‘lovchi boshqa konstruksiyalar zavodlarda terilmoqda. Beton quyilganidan so‘ng uning mustahkam bo‘lishi uchun 28 kun vaqt talab etiladi. Metro qurilishida eng murakkab jihat—ustunlarni o‘rnatish. Ustunlar o‘rnatilganidan so‘ng ish ko‘zga ko‘rinadi. Hamma ish kelishilgan grafik bo‘yicha ketmoqda”,— deydi Asomiddin Tojiyev.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют