» » Toshkentda keyingi yildan boshlab 9, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar quriladi

Toshkentda keyingi yildan boshlab 9, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar quriladi


Toshkent shahrida keying yildan boshlab to‘qqiz, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojiyev ma’lum qildi.

“Keyingi yildan boshlab poytaxtda to‘qqiz, 12, 14 va 16 qavatli monolit uylar qurish boshlanadi. Sergelida besh va yetti qavatli uylarni qurish biz uchun sinov maydoni bo‘ldi. Birinchidan, biz quruvchilarni tekshirib oldik va qaysi quruvchining salohiyati qay darajada ekanligini o‘rgandik. Qurilish materiallaridan muammo yo‘q. Davlat tomonidan barcha qurilish materiallari o‘z vaqtida yetkazib beriladi. Ishchi kuchi ham yetarli”, — deydi shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Shuningdek, Asomiddin Tojiyev joriy yilda Sergeli tumanida yetti qavatdan yuqori uylar qurilmagani sababiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Sergelida to‘qqiz qavatli uylarni qurmaganimizga sabab, bizda kran yo‘q edi. Buni ochiq tan olish kerak”, — deydi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-10-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют