» » Toshkent metropoliteni 2030-yilgacha yana 10 ta yangi bekat qurishni rejalashtirmoqda

Toshkent metropoliteni 2030-yilgacha yana 10 ta yangi bekat qurishni rejalashtirmoqda


Toshkent metropoliteni o‘z yo‘nalishlarining umumiy uzunligini 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilayotgan 10 ta yangi bekat va Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab quriladigan elektrlashtirilgan temir yo‘l hisobiga 160 kilometrga yetkazishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubning 9-avgustdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbari Oybek Xudoyqulov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda xitoylik mutaxassislar bilan bu borada ishlar olib borilmoqda. 2030-yilgacha mo‘ljallangan rejaga ko‘ra, 22 kilometr yerosti, 102 kilometr yerusti yo‘li qurish bo‘yicha ish ketmoqda.

Oybek Xudoyqulovning aytishicha, “Beruniy” bekatidan Qoraqamishgacha ikkita bekat, “Buyuk Ipak Yo‘li” bekatidan TTZgacha uchta bekat va “Mingo‘rik” bekatidan Janubiy vokzalgacha beshta bekat qurish rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют