» » Video: Toshkent shahrida quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi

Video: Toshkent shahrida quriladigan halqa temir yo‘li loyihasi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-aprel, shanba kuni Toshkentdagi halqa temir yo‘li qurilishi loyihasi bilan tanishdi. Halqa yo‘lining loyihasi aks etgan video Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Halqaning jami uzunligi 71,2 kilometrni tashkil etadi (ikkita yo‘nalishdagi yo‘llar uzunligi — 140 kilometrdan ziyod), yo‘nalishda 26 ta bekat quriladi. Birinchi bosqichda temir yo‘lda 10 ta poyezd (har bir yo‘nalishda beshtadan) harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular butun yo‘lni taxminan bir soatda bosib o‘tadi.

Loyiha qiymati 265 million dollarga teng, shuning 185 millioni davlat budjetidan, 80 millioni — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi mumkin.

Temir yo‘l yo‘nalishi avtobus yo‘nalishlari, metropoliten bekatlari va boshqa transport turlari bilan qulay tarzda bog‘lanadi. Halqa temir yo‘li qurilishi 2017—2030-yillarga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkent halqa yo‘lidagi elektrichka loyihasi bilan tanishdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют