» » Toshkent metrosidagi ba’zi bekatlarda kechki payt vestibullardan biri yopilishiga yo‘lovchilarning kamligi sabab

Toshkent metrosidagi ba’zi bekatlarda kechki payt vestibullardan biri yopilishiga yo‘lovchilarning kamligi sabab


Toshkent metrosining ba’zi bekatlarida kechqurun soat 19:00 dan keyin ikkita vestibulning biri yopiladi. Xalqaro press-klubning 9-avgustda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ana shu masala o‘rtaga tashlandi.

Savolga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbari Oybek Xudoyqulov javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vestibullardan birining 19:00 dan keyin yopilishiga yo‘lovchilar oqimining kamaygani sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda Toshkent metrosidan bir sutkada 200 ming kishi foydalanmoqda.

“Yunusobod yo‘nalishining ikkita bekati va Sergeli yo‘nalishi qurib bitkazilgach yo‘lovchilar sonining 50 foizga ko‘payishi, ya’ni 300 ming kishiga yetishi kutilmoqda”, — deb qo‘shimcha qildi Oybek Xudoyqulov.

“Olmazor”, “Beruniy”, “Paxtakor” kabi bekatlar yaqinidagi avtobuslarning oxirgi bekatlari olib tashlanishi oqibatida metro yo‘lovchilari soni kamaya boshladi. Natijda 2014-yilni 14 milliard so‘m, 2015-yilni 10 milliard so‘m ziyon bilan yakunladik. Yuzaga kelgan qiyin vaziyatni bartaraf qilish va metropolitenning ahvolini yaxshilash maqsadida 2016-yildagi Prezident qarori bilan Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga o‘tkazildi.

Oybek Xudoyqulov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari

“Metropoliten yo‘lovchilarini ko‘paytirish maqsadida “Toshshahartransxizmat” bilan hamkorlikda metro yo‘nalishlarini takrorlovchi avtobus yo‘nalishlarini qisqartirish borasida ishlar olib boryapmiz”, — dedi Oybek Xudoyqulov.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют