» » Non uchun xursand bo‘lgan suriyalik qizcha, koronavirus karantiniga qarshi ukrainlar, prezidentning ko‘zidan yashirilgan xarobalar. 21-fevralning eng qiziqarli suratlari

Non uchun xursand bo‘lgan suriyalik qizcha, koronavirus karantiniga qarshi ukrainlar, prezidentning ko‘zidan yashirilgan xarobalar. 21-fevralning eng qiziqarli suratlari


21-fevral, juma kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Ray, Eron

Parlament saylovlarida ovoz berish uchun navbatini kutayotgan ayollar.

Xubey, Xitoy

Yunmen uyezdidagi shifoxonaning tibbiyot xodimlari kompyuter tomografiyasi natijalari bilan tanishmoqda. Xitoyda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 2200 nafardan oshib ketdi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 21-fevralning boshqa muhim xabarlari

Vena, Avstriya

Venada an’anaviy 64-bal mavsumi boshlandi.

Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni

Podshoh saroyida Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud AQShdagi Saudiya Arabistoni elchisi Rima bint Bandar bilan ko‘rishmoqda. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ularni kuzatib o‘tiribdi.

Milan, Italiya

Model Kayya Gerber moda haftaligida Moschino kolleksiyasidagi libosni namoyish etmoqda. Kayya 90-yillardagi supermodel Sindi Kroufordning qizi hisoblanadi.

Poltava, Ukraina

Noviye Sanjari qishlog‘i aholisi Xitoydan evakuatsiya qilingan hamyurtlarining qishloqqa kirmasligi uchun yo‘lni to‘sib qo‘ydi.

Noviye Sanjari qishlog‘i aholisi Uxandan evakuatsiya qilingan ukrainaliklarning avtobuslarini toshbo‘ron qildi.

Azaz, Suriya

Qochoqlar lagerida qo‘lida non ushlab turgan qizaloqning xursandchiligi.

Mavzuga doir: Fotoreportaj: Suriyaning Idlib viloyatida nimalar sodir bo‘lmoqda?

Mumbay, Hindiston

Hindistonda AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Ahmadobod, Hindiston

Ishchilar Donald Tramp va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining suratini devorga chizmoqda. Shahar ma’muriyati AQSh prezidenti o‘tadigan yo‘l bo‘yidagi xarobalarni devor bilan o‘rab qo‘ygani uchun tanqid ostida qoldi.

Shanxay, Xitoy

Apple do‘konida haroratini o‘lchatish uchun navbatda turgan odamlar. Koronavirus tufayli mamlakatdagi ko‘plab muassasalar hali ham yopiqligicha qolmoqda.

Mavzuga doir: Koronavirus 12 yil ichida birinchi marta aviatashuvlarning kamayishiga sabab bo‘lishi ma’lum qilindi

Toshkent

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev suv tozalash inshootlari quvvatini oshirish bo‘yicha loyihalar bilan Shavkat Mirziyoyevni tanishtirmoqda.

Eron

Eronda o‘tkazilgan parlament saylovlarida ovoz bergan ayol.

Passo Fedaya, Italiya

Alp tog‘laridagi qutqaruvchilar oyiga ikki marta o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun to‘planadi. Ularning aksariyati ko‘ngillilar hisoblanadi.

Xanoy, Vyetnam

Noybay aeroportidagi Vietnam Airlines samolyoti bortini dezinfeksiya qilayotgan tibbiyot xodimi. Koronavirus tufayli ko‘plab aviatashuvchilar Xitoyga reyslarni bekor qildi.

Mavzuga doir: Namangan xalqaro aeroportida koronavirus kirib kelish xavfini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi (foto)

Viktoriya, Avstraliya

Viktoriya shtatida beshta poyezd vagoni va lokomotiv relsdan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etdi.

Buenos-Ayres, Argentina

Veterinar ekoparkda 54 yoshli Osiyo filiga olma bermoqda.

Uxan, Xitoy

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridagi yo‘llardan biri velosipedlar bilan to‘sib qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Xitoydagi qamoqxonada 200 dan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

Las-Vegas, AQSh

Donald Tramp “Mahbuslar uchun umid” dasturi bitiruvchisiga diplom topshirmoqda.

Kalkutta, Hindiston

Maha Shivaratri bayramida ibodat qilayotgan ayol.

Lome, Togo

Togo prezidentligiga nomzod Jan-Pyer Fabrning tarafdorlari prezidentlik saylovi kampaniyasi doirasidagi yakuniy miting oldidan ko‘chaga chiqdi. Fabr Togoni 50 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Gnassingbelar oilasi vakili For Gnassingbe ustidan saylovda g‘alaba qozonishni maqsad qilgan.

Kran-Montana, Shveysariya

Avstriyalik Nina Ortlib tog‘-chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionati musobaqasida.

Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют