» » APL. “Chelsi” London derbisida “Tottenhem”ni mag‘lub etdi (video)

APL. “Chelsi” London derbisida “Tottenhem”ni mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turida 22-fevral, shanba kuni “Chelsi” va “Tottenhem” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Olivye Jiru “ko‘klar”ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Markos Alonso uzoq masofadan kuchli zarab yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi.

O‘yin yakunlanishi arafasida “shporlar” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi: Erik Lamelaning zarbasi Antonio Ryudigerga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

Shu tariqa Frenk Lempard ikkinchi davra o‘yinida ham ustozi Joze Mourinyodan ustun keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Chelsi” ochkolarini 44 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi va keyingi pog‘onadagi “Tottenhem” (40) bilan farq to‘rt ochkoga yetdi.

APL

27-tur bahsi

22-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 15 Jiru, 2:0 — 48 Alonso, 2:1 — 89, avtogol Ryudiger.

“Chelsi”: Kabalyero, Jeyms, Aspilikueta, Kristensen, Alonso, Maunt, Jorjinyo, Barkli (Villian, 77), Kovachich, Ryudiger, Jiru (Abraham, 71).

“Tottenhem”: Lyoris, Tanganga, Sanches, Alderveyreld (Orye, 78), Devis, Ndombele (Lamela, 63), Lo Chelso, Lukas Moura, Uinks, Bergveyn (Alli, 78), Vertongen.

Ogohlantirishlar: Uinks (23), Kristensen (65), Lo Chelso (81).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют