» » Bosh prokuror oilalardagi qotillik jinoyatining 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berayotganini ma’lum qildi

Bosh prokuror oilalardagi qotillik jinoyatining 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berayotganini ma’lum qildi


Andijon viloyati Izboskan tumanida biron joyda ishlamaydigan, ichkilikka ruju qo‘ygan fuqaro K. mast holda nogiron otasi va onasi bilan janjallashib, ularni shafqatsizlarcha o‘ldirgan. Samarqand shahrida esa fuqaro Yu. otasi mast holda nabirasini so‘kkanligi uchun u bilan janjallashgan va pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qotillik jinoyatlari aksariyat hollarda oila-turmush va oddiy maishiy munosabatlar tufayli kelib chiqayotganini ta’kidlab, bunday toifadagi jinoyatlarning 28 foizi er-xotin, aka-uka, ota-o‘g‘illar o‘rtasida yuz berganini qayd qildi. Bunga qarindosh-urug‘lar yoki qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizo va kelishmovchiliklar to‘liq bartaraf etilmagani, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi kamchiliklar ham sabab bo‘lmoqda.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga doir masalalar muhokama qilinar ekan, 2019-yilda jinoyatlar soni Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolgani ma’lum qilindi.

Qotillik jinoyati Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ko‘paygan. Profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati ko‘paygan. Og‘ir shikast yetkazish Qashqadaryoda, nomusga tegish Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryoda, bosqinchilik Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют