» » “Sochnaya Dolina” shahar ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha aksiya o‘tkazmoqda

“Sochnaya Dolina” shahar ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha aksiya o‘tkazmoqda


“Sochnaya Dolina” SBdan “Sochniy Tashkent” (“Obod Toshkent”) aksiyasi Sizni yana shahar ekologiyasini yaxshilash uchun hissa qo‘shishga taklif etadi.

22-aprel kuni Green Park ko‘ngilochar va istirohat bog‘i soat 12:00 da aksiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha istovchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Aksiya davomida 100 ta mevali va 100 chinor daraxti ko‘chati o‘tqaziladi.

Aksiya Facebook’dagi eng ommabop hamjamiyatlar — “Potrebitel.uz”, “Fashion Terapiya”, “Roditeli Uzbekistana”, “Voditeli Tashkenta”, TROLL UZ va Pickuper UZ bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida Sizni “Sochnaya Dolina”dan ajoyib, juda shirin sharbatlar va ichimliklar quvvat bilan ta’minlab turadi.

Aksiya yakunida esa Sizni kutilmagan syurpriz kutib turibdi — shahardagi eng shinam maskanlardan biri OshMakon barchani bayram palovi bilan siylaydi!

Barcha istovchilar soat 11:00 dan 11:30 ga qadar Ucell oldiga kelishi mumkin. U yerdan “Sochnaya Dolina” avtobuslari orqali Green Park’ga qarab yo‘lga tushamiz.

Agarda Siz “Sochniy Tashkent” aksiyasida ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, “Sochnaya Dolina”ning Facebook’dagi sahifasida o‘z ism-sharifingiz va Siz bilan birga keladigan insonlar sonini ko‘rsatgan holda xabar qoldiring.

Vebsayt: intersok.uz

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (11-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют