» » AQSh Rossiya tomonidan koronavirus bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotganini ma’lum qildi. Xitoy bunga munosabat bildirdi

AQSh Rossiya tomonidan koronavirus bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotganini ma’lum qildi. Xitoy bunga munosabat bildirdi


Xitoy tashqi ishlar vaziri vakili Chjao Litszyan mamlakatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi umumiy xavfga qarshi kurashish uchun birlashish va hamkorlik qilishi kerakligi haqida bayonot berdi. Shu tariqa Xitoy TIV vakili AQShning koronavirus bo‘yicha bayonotiga munosabat bildirdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Chjao Litszyanning ta’kidlashicha, kasallikka qarshi kurashda fan, aql va hamkorlikka tayanish kerak.

AQSh Davlat departamenti tomonidan qilingan bayonotga ko‘ra, Rossiya bilan bog‘liq minglab akkauntlar ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqatib, jahon miqyosida virusga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga putur yetkazmoqda. Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, mazkur akkauntlar koronavirus tarqalishi ortida AQSh turgani haqidagi fikrni ilgari surmoqda hamda AQShning obro‘siga putur yetkazmoqda.

Rossiya Davlat Dumasi mazkur ayblovlarga keskin munosabat bildirdi. Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Novikov biologik qurollar yaratish bilan bir qator mamlakatlar shug‘ullanayotganiga va AQSh bu masalada yetakchi o‘rinda turganiga e’tibor qaratgan.

Avvalroq Xitoy koronavirus laboratoriyada ishlab chiqarilgan, degan mish-mishlarni rad etgan edi. Xitoy parlamenti koronavirus sababli yillik sessiyani keyinga qoldirishga qaror qildi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp Si Szinpin koronavirus muammosini bartaraf etishiga ishonch bildirdi. Rossiya iqtisodiyoti koronavirus sababli har kuni qariyb milliard rubl yo‘qotayotgani ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus infeksiyasidan bir kunda 150 kishi vafot etib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi. Xitoyda yana 406 kishi koronavirus yuqtirib olgan (shundan 348 nafari Uxanda), kasallangan fuqarolar soni esa 77 150 kishiga yetgan. Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni 24 734 kishini tashkil etib, so‘nggi bir sutkada 1846 kishi davolangani aytilmoqda. Xitoyning Uxan shahrida 24-fevral holatiga ko‘ra, 195 kishi koronavirus bilan qayta kasallangani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi va 24-fevralning boshqa muhim xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют