» » Biz nima uchun xurrak otamiz va undan qanday qutulish mumkin?

Biz nima uchun xurrak otamiz va undan qanday qutulish mumkin?


Qattiq xurrak – bu faqat oddiygina eshitilish doirasidagilarning kechasini zaharlaydigan bezovta qiluvchi ovoz emas. Shuningdek, xurrak sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan ham darak beradi. Xurrakning turli xil sabablari ichida beozorlari ham bor, ba’zi sabablar yuzasidan esa tezlikda shifokorga murojaat qilish talab qilinadi.

Xurrakning eng oddiy sababi – bu tananing uyqudagi holati. Ko‘pincha odamlar chalqancha holatda yotganda xurrak otadi. Gap shundaki, chalqancha yotganda tomoq mushaklari bo‘shashadi, hiqildoq torayadi va bu xurrakka sabab bo‘ladi.

Xurrakning boshqa sababi semirib ketish ham bo‘lishi mumkin, bunda oshiqcha yumshoq to‘qimalar halqumni siqib qo‘yadi. Bunday holatlarda ortiqcha vaznni kamaytirish – parhez qilish yoki sport bilan shug‘ullanish orqali xurrakdan qutulish mumkin.

Xurrak otuvchi odam kamida uyqusizlik yoki uyquga to‘ymaslikdan aziyat chekadi. Unda jiddiyroq muammolar ham bo‘lishi mumkin, masalan tungi apnoe – ya’ni, uyqu paytida nafas olishning vaqtincha to‘xtashi.

Agar siz xalqona usullar yordamida xurrakdan qutulishni xohlasangiz, o‘z yashash tarzingizga o‘zgarishlar kiritishingiz kerak. Bu o‘zgarishlarga ortiqcha vaznni yo‘qotish, uyqu oldidan spirtli ichimliklar ichishni cheklash, yotoqda to‘g‘ri yotish kiradi.

Xurrakdan qutulishning boshqa yo‘li og‘iz bo‘shlig‘i mushaklarini mustahkamlovchi maxsus mashqlardir. Masalan, ashula aytish yoki puflab chalinadigan cholg‘u asboblarida chalish.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (11-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют