» » Homilador ayollar uchun fitnes

Homilador ayollar uchun fitnes


Onalik qomatni qanday holga keltirishini hamma yaxshi biladi. Ortiqcha vazn, tonusini yo‘qotgan qorin mushaklari, tomirlarning varikoz kengayishi — fitnes yordamida bu yoqimsiz holatlardan qutulish yoki hech bo‘lmasa kamaytirish mumkin.

Homiladorlar uchun fitnes-dastur mashqlari sizning har doim bajaradigan mashqlaringizdan boshqacharoq bo‘lishi kerak. Endi siz yolg‘iz emas, ikki kishi ekanligingizni va bundan keyin aynan o‘sha ikkinchi tirik jon sizning fitnes uslubingizni belgilashini esdan chiqarmang.

Buralish, shuningdek turli xil egilishlar — bachadonni gipertonus holatiga keltirishi va tushish xavfini tug‘dirishi mumkin.

Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab homilada kislorod yetishmaslik xavfining oldini olish maqsadida chalqancha yotib bajariladigan mashqlardan voz kechish lozim.

Tik turib bajariladigan mashqlarni tizza bilan qo‘lga tayanib bajarishga almashtirish tavsiya qilinadi.

Shikastlanish xavfini keltirib chiqaruvchi mashqlar — sakrash, yugurish, silkinishlar, o‘tirib-turishlar mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan, o‘rtacha aerobik mashq hisoblanuvchi – piyoda yurish. Bu hech qanday ahamiyati yo‘qdek tuyulsa ham foydasi juda katta. Siz yurak-tomir tizimini mustahkamlaysiz, egiluvchanlik va chidamlilikni rivojlantirasiz.

Manba: “Woman.ru”

Опубликовано: admin (1-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют