» » Sindi Krouforddan yosh ko‘rinish sirlari

Sindi Krouforddan yosh ko‘rinish sirlari


Sindi Krouford – 90-yillardagi eng mashhur super-modellardan biri, o‘zining 51 yoshida ham yosh va chiroyli ko‘rinadi. U sayohatlarga chiqadi, makaronlarni rad qilmaydi, yoshlik va go‘zallik sirlarini mamnuniyat bilan o‘rtoqlashadi.

Qanchalik band bo‘lsangiz ham mashq qilishga har doim vaqt topsa bo‘ladi: ofisga zinadan chiqayotganda ham, gantel bilan mashq qila turib choy qaynashini kutayotganda ham.

Bolalarim tug‘ilgandan keyin mashq qilishni tashlab qo‘ymadim, faqat sportga boshqacha qaray boshladim. Ilgari mashqlardan so‘ng, qattiq charchaganimdan uyga kelishga zo‘rg‘a kuch topar edim. Keyinchalik tushundimki, mashqlar charchoqlik emas balki yangi kuch bag‘ishlashi kerak. Bolalaringiz bo‘lsa ham mashq qilishni davom ettiring, chunki ularni tarbiya qilishingiz uchun sizga hali ko‘p kuch kerak bo‘ladi.

Mashqlaringizni o‘zgartirib turing: bugun parkda yugursangiz, ertaga velosipedda sayr qiling, bir-ikki kundan keyin esa yana sport zaliga boring.

Yaxshi ko‘rgan taomdan voz kechish juda og‘ir. Men bu ovqatlar qomat uchun juda zararli ekanligini bilsam ham makaron va oq nonni yaxshi ko‘raman. Lekin, baribir muntazam ravishda italyan restoranlariga borib xohlaganimcha makaron yeyman. Keyin, albatta qattiq parhez tutaman va sport zalida kuchaytirilgan rejimdagi mashqlar yordamida ortiqcha kaloriyadan xalos bo‘laman.

Tashqi ko‘rinishingiz sizning ruhiy holatingiz bilan bevosita bog‘langan. Qancha mashq qilsangiz va qancha vazningizni kamaytirsangiz ham, yomon xayollardan qutulmasangiz hech qachon ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lolmaysiz.

Manba: Cosmopolitan

Опубликовано: admin (31-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют