» » Gavdani to‘g‘ri tutishda yordam beruvchi mashqlar va tavsiyalar

Gavdani to‘g‘ri tutishda yordam beruvchi mashqlar va tavsiyalar


Podiumdagi modellarni kuzatayotgan har bir kishi birinchi navbatda ularning chiroyli gavdasiga e’tibor qaratadi. Bukchaygan qomat va egilgan yelkalar har qanday qiyofani ham buzadi. Biz buni nazariyada yaxshi bilamiz, lekin amalda ko‘pchilik o‘zining qomatiga e’tibor bermaydi. Qomatni to‘g‘ri tutishga odatlanish unchalik qiyin emas.

Qomatni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beruvchi oddiy va samarali mashqlardan bir nechtasini sizga eslatmoqchimiz.

Tovonlar, boldirlar, dumba, yelkalar va bosh orqasini devorga tekkizgan holatda va qo‘llaringizni yuqoriga ko‘tarib bir necha daqiqa tik turing. Boshida yarim daqiqa turing, keyinchalik esa bu mashq vaqtini bir necha daqiqaga yetkazasiz.

Yelkalar uchun ajoyib mashq: boshida ularni oldinga va orqaga aylantiramiz (har bir tomonga 16 martadan), keyin esa yelkalarni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirishga almashtiramiz (bu mashqni ham 16 martadan bajaramiz).

Qomat yelkalarni chiniqtirmasdan turib chiroyli bo‘la olmaydi. Buning uchun quyidagi mashqni bajaring: oyoqlarni yelka kengligida tuting va tizzalarni biroz buking, qo‘llarni songa qo‘ying. Gavdangizni pastga qilib, o‘tirib-turing (16 marta).

Gavdangizni to‘g‘rilashga yordam beruvchi ba’zi mayda-chuydalarga e’tibor bering.

Masalan, stulning eng chekkasiga o‘tirish odatini tashlang, bunday holatda stul suyanchig‘i sizning yelkangizni ushlab tura olmaydi va qorningiz, tirsaklaringiz bilan stol chekkasiga suyanishga majbur bo‘lasiz.

Stol yonida o‘tirganda boshingizni pastga egiltirmang: bu gavdani buzishdan tashqari bag‘baqa paydo bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi.

Mushaklarni rivojlantirmasdan gavdani to‘g‘ri tutib bo‘lmasligini esingizda saqlang. Shuning uchun muntazam ravishda mushaklarni mustahkamlovchi mashqlar bilan shug‘ullanib turing.

Опубликовано: admin (11-03-2017, 14:59)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют