» » Go‘zallik va sog‘liq uchun eng foydali dasturlar

Go‘zallik va sog‘liq uchun eng foydali dasturlar


Telefoningizdan maksimal darajada foydalanishni istasangiz go‘zallik va sog‘liq uchun foydali dasturlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Ular hayotingizni yengillashtirib, vaqtingizni ham tejaydi.

Qadamo‘lchagich

Hayot tarzingizda harakat kamroq bo‘lsa, aynan ushbu dasturni yuklab olishni tavsiya etamiz. U sizning bosib o‘tgan qadamlaringizni hisoblab, ko‘proq piyoda yurishga ruhlantiradi.

Water balance

Dastur siz iste’mol qiladigan suv miqdorini kuzatib boradi. Ma’lumki, organizmda suv yetishmasligi sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun o‘z vaqtida kerakli miqdorda suv ichib turish kerak. Water balance bunda sizga ko‘mak beradi.

Ayollar kalendari

Oilani rejalashtirish, shuningdek, o‘zingizni qanday his qilayotganligingiz yoki dorilarni qabul qilish vaqtini qayd qilib borish uchun eng qulay dastur.

Perfect 365

Tashqi ko‘rinish bilan tajriba qilishni xush ko‘ruvchi, biroq keskin o‘zgarishlardan cho‘chiydiganlar toifasiga kirsangiz bu dastur aynan siz uchundir. U makiyajning bir necha minglab variantini o‘zingizda sinab ko‘rish imkonini beradi.

Hair Change

Salonga yo‘l olishdan oldin soch turmagini tanlashga yordam beradi. Buning uchun dasturga suratingizni yuklab, soch turi va yuz shaklingizga mos uslubni tanlashingiz mumkin.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют