» » AQSh Afg‘oniston prezidentining inauguratsiyasini kechiktirib turishni iltimos qilmoqda

AQSh Afg‘oniston prezidentining inauguratsiyasini kechiktirib turishni iltimos qilmoqda


“Tolibon” harakati bilan kelishuv yo‘qqa chiqishi mumkinligidan xavotirlanayotgan AQSh Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anidan inauguratsiya marosimini kechiktirib turishni iltimos qilmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati Ashraf G‘anining Afg‘oniston prezidenti lavozimiga qayta saylanishi mamlakatda ketayotgan tinchlikka erishish jarayoniga mutlaqo zidligini ta’kidlab, bayonot bergan edi. Shuningdek, “Tolibon” Afg‘oniston prezidenti saylovini ham tan olmay, uni ko‘zbo‘yamachilik deb atagan.

Ashraf G‘ani bahsli prezident saylovi yakunlariga ko‘ra o‘tgan hafta o‘zini g‘olib deb e’lon qilgan va 27-fevral kuni qasamyod qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Afg‘onistondagi prezident saylovi 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.

Saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident G‘ani 50,64 foiz, Afg‘onistondagi ijro hokimiyatining hozirgi rahbari Abdullo Abdullo esa 39,52 foiz ovoz olgan. Afg‘oniston sobiq bosh vaziri, “Hizbi Islom” partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor esa 3,85 foiz ovoz olgan.

Saylov poygasida ikkinchi bo‘lgan Abdullo Abdullo Facebook’dagi sahifasida bayonot qoldirib, saylovning dastlabki natijalariga qo‘shilmasligini, ovozlarni qaytadan hisoblab chiqish lozimligini ta’kidlagan edi.

“Vaziyatdan boxabar manbaning ma’lum qilishicha, ‘Tolibon’ bilan kelishuv yo‘qqa chiqishidan xavotirlanib, o‘tgan haftadan beri Kobulda bo‘lib turgan AQSh maxsus vakili Zalmay Halilzod prezident G‘anini kelgusi besh yillik muddat uchun rejalashtirilgan inauguratsiyani kechiktirishga ko‘ndirmoqchi”, — deb yozadi Reuters.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh 29-fevral kuni radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati bilan kelishuv imzolashga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Afg‘onistonning Tolo News telekanali radikal harakat bayonotiga asoslanib, “Tolibon” Pompeo aytgan sanada kelishuv imzolanishini tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: Ashraf G‘ani O‘zbekiston Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatishda boshqa davlatlar uchun namuna bo‘layotganini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют