» » Turkiyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi etib tayinlanadi

Turkiyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi etib tayinlanadi


Turkiyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga maslahatchilik qiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tayinlov to‘g‘risidagi kelishuvga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19—20-fevral kunlari Anqaraga tashrifi chog‘ida erishilgan.

Maslahatchi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va raqamlashtirish bo‘yicha ishlaydi, moliyaviy menejment, tibbiy sug‘urta, davlat-xususiy sheriklik va autsorsing masalalari bilan shug‘ullanadi.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, bu O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida chet el fuqarolarining yuqori lavozimlarga tayinlanishi bilan bog‘liq birinchi holat emas.

2018-yil yanvarida janubiy koreyalik professor Yun Tek Rim sog‘liqni saqlash vazirining maslahatchisi etib tayinlangan edi. 2019-yil fevralida esa uning hamyurti — Li Dong Uk vazir o‘rinbosari va bosh vazir o‘rinbosarining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют