» » Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi. Ikki yillik uchinchi “zapret”ga to‘ydagi surat sabab bo‘lgan

Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi. Ikki yillik uchinchi “zapret”ga to‘ydagi surat sabab bo‘lgan


Xonanda Anvar Sanayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Anvar Sanayev suhbat davomida diniy oqimga aloqasi bor odam bilan rasmga tushgani uchun uchinchi marta “zapret”ga tushgani haqida gapirib berdi.

Yulduz Usmonovani yaxshi xonanda deganim uchun ‘zapret’ga tushganimdan keyin bir amallab ‘zapret’dan qutuldim. ‘Go‘zalim Barno’ deb nomlangan konsert dasturimni 2010-yilda taqdim qildim. Muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi. Konsertdan keyin tayyor turishadimi, deymanda, konserting yaxshi chiqsa darrov ‘zapret’dasan. O‘sha vaqtda Ichki ishlar vazirligining ansamblida ishlardim, u yerga chaqirib ishdan bo‘shash haqida ariza yozishimni so‘rashdi. Sababini so‘rasam, xavfsizlik tomonidan ‘zapret’ga tushibsiz, shuning uchun arizani yozib bo‘shang, sizni ishdan bo‘shatishim kerak ekan, bizga shunday buyruq bo‘lgan’, deyishdi. Ariza yozib berdim va ishdan bo‘shadim.

Ikki yilcha vaqt o‘tgandan keyin suhbatga chaqirib, ‘Nimaga ‘zapret’ga tushganingni bilasanmi?’ deyishdi bilmasligimni aytdim. ‘Sen diniy oqimga aloqador odamlar bilan rasmga tushgansan’ deyishdi. ‘Ko‘rsam bo‘ladimi?’ dedim. Rasmga qarasam, to‘yda tushganman. ‘Bu to‘y-ku, men bu odamni qayerdan bilaman, birov rasmga tushaman desa, yo‘q deb turib olmayman-ku’. Xalqning xizmatiga borgandan keyin barcha xizmatiga tayyor bo‘lib boriladi. ‘Bu odamni rostdan tanimaysanmi’, deyishdi, tanimasligimni aytdim. ‘Bo‘ldi, sen bir elakdan o‘tding, ijodingni davom ettiraver’, deyishdi. Lekin shu oddiy bir narsa bilan ikki yil ijodimiz to‘xtab qoldi.

U tashkilot bizning rahbarlarimizdan, ya’ni ‘O‘zbeknavo’ rahbarlaridan ‘Shu bola haqiqatan diniy oqimlar bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinmi?’, deb so‘rashganda ‘Ha, mumkin’ deb javob berishgan ekan.

Xullas, turli xil bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan umumiy hisobda o‘n yil ‘zapret’da yurdim. Biz o‘shanda ich-ichimizdan yig‘laganmiz, dardingni hech kimga ayta olmaysan.

Anvar Sanayev, xonanda

Mavzuga doir: 

Anvar Sanayev suhbat davomida uch marta — umumiy hisobda 10 yil davomida “zapret”da yurgani, Jasur Umirovning belafzligi oqibati, ovoz yozish studiyasini bosim tufayli, majburan yopgani haqida ochiq-oydin gapirib berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют