» » Brent va WTI markalaridagi neft narxi hafta boshidan beri 14 foizga pasaydi. Bu 2011-yildan beri kuzatilgan eng katta pastlash

Brent va WTI markalaridagi neft narxi hafta boshidan beri 14 foizga pasaydi. Bu 2011-yildan beri kuzatilgan eng katta pastlash


Brent va WTI markalaridagi neft narxi ketma-ket olti kundan beri pastlamoqda. Hafta boshidan beri narx 14 foizga pasaydi va bu 2011-yildan beri kuzatilgan eng katta narx qulashidir, deya “Interfaks”ga tayanib Meduza xabar bermoqda.

Brent markasidagi bir barrel neftning may oyi uchun fyucherslari narxi 28-fevraldagi birja savdolari chog‘ida 3,5 foizga pastlab, 49,93 dollarni tashkil etgan. Kun davomidagi eng past ko‘rsatkich 49,56 dollarni tashkil etgan — Brent so‘nggi bor 2017-yil iyulida shunday narxda sotilgan edi, deb yozmoqda “RBK”.

WTI markasidagi bir barrel neftning aprel oyi uchun fyucherslari narxi esa 4 foizga pasayib, 45,22 dollarni tashkil etdi, deb yozmoqda “Interfaks”.

“Xalqaro bozorda neftga bo‘lgan talabning pasayishi bilan bog‘liq qo‘rquv jahon jamoatchiligini qamrab olgan, bu esa mahsulotning arzon bahoda ko‘plab sotilishiga sabab bo‘lmoqda”, — deydi “Veles Kapital” tahlilchisi Yelena Kojuxova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют