» » “Yuventus” — “Inter” va A Seriyaning yana 4 ta o‘yini koronavirus tufayli qoldirildi

“Yuventus” — “Inter” va A Seriyaning yana 4 ta o‘yini koronavirus tufayli qoldirildi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan beshta uchrashuv koronavirus tufayli boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa bugungi “Udineze” — “Fiorentina”, ertangi “Yuventus” — “Inter”, “Milan” — “Jenoa”, “Parma” — “SPAL” va “Sassuolo” — “Breshia” bahslari 13-may kuniga ko‘chirildi.

Avvalroq Liga mazkur o‘yinlarning tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Yevro—2020 musobaqasi va Tokio mezbonlik qiladigan 2020-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining o‘tkazilishi ham so‘roq ostida turibdi.

Mavzuga doir: Koronavirus sabab “Bavariya” futbolchilariga muxlislar bilan suratga tushish taqiqlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют