» » Koronavirus sabab A Seriyaning 3 ta o‘yini qoldirildi

Koronavirus sabab A Seriyaning 3 ta o‘yini qoldirildi


Koronavirus sabab Italiyaning Lombardiya va Veneto hududlaridagi bir nechta futbol uchrashuvlari boshqa kunga qoldirildi. U haqda Football Italia xabar qilmoqda.

Qoldirilgan uchrashuvlar qatoridan A Seriya doirasidagi “Verona” — “Kalyari”, “Atalanta” — “Sassuolo”, “Inter” — “Sampdoriya” uchrashuvlari ham o‘rin oldi. Mazkur o‘yinlar bugun, 23-fevral sanasida o‘tkazilishi kerak edi. Uchrashuvlarning yangi vaqti keyinroq ma’lum qilinadi.

Koronavirus sabab Italiyada umumiy miqdorda 42 ta futbol uchrashuvi qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining 25-turiga kelib “Yuventus” 60 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan bir o‘yin kam o‘tkazgan “Latsio” (56) va “Inter” (54) mos ravishda keyingi pog‘onalardan o‘rin olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют