» » Olotga hokimligida fermerni urgan Sherali Salomov endi Qorako‘l tumanini boshqaradi

Olotga hokimligida fermerni urgan Sherali Salomov endi Qorako‘l tumanini boshqaradi


Qorako‘lda 29-fevral kuni tuman faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov, Prezidentning davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ham ishtirok etgan.

Qorako‘l tuman hokimligining axborot xizmati tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, yig‘ilish davomida Buxoro viloyatining yangi rahbari Karim Kamolov chiqish qilib, tuman hokimi Husniddin G‘oyirovning o‘z arizasiga asosan Qorako‘l tumani hokimi lavozimidan ozod qilinganligi to‘g‘risida qarorni o‘qib eshittirgan.

Viloyat hokimining qaroriga asosan, shu kungacha Olot tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Sherali Salomov Qorako‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Mavzuga doir:

Avvalroq Olot tumaniga shifokor Nargiza Ne’matova hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. U so‘nggi 10 kun ichida O‘zbekistonda hokimlik lavozimiga tayinlangan ikkinchi ayol bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют