» » “O‘zagrosanoatxolding” boshqarma boshlig‘i Samarqandning Oqdaryo tumaniga hokim etib tayinlandi

“O‘zagrosanoatxolding” boshqarma boshlig‘i Samarqandning Oqdaryo tumaniga hokim etib tayinlandi


1-avgust kuni xalq deputatlari Oqdaryo tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, tashkiliy masala ko‘rilgan sessiyada Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdim va Prezident Davlat maslahatchisi U.Ismoilov qatnashgan.

2016-yil noyabridan beri Oqdaryo tumaniga rahbarlik qilib kelgan Pirmatboy O‘sarov o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga shu vaqtgacha “O‘zagrosanoatxolding”da ishlab kelgan Feruz Abilov Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Feruz Abilov “O‘zagrosanoatxolding” kompaniyasida Investitsiyalarni jalb qilish, investitsion loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, 1-avgust kuni Samarqand viloyatining Toyloq va Pastdarg‘om tumanlarida ham hokimlar o‘zgardi. Pastdarg‘om tumaniga Toyloq tumanining sobiq rahbari hokim etib tayinlangan bo‘lsa, Toyloqqa “Agrobank”ning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i hokim bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют