» » “Agrobank”ning Samarqanddagi boshqarmasi boshlig‘i Toyloq tumaniga hokim bo‘ldi

“Agrobank”ning Samarqanddagi boshqarmasi boshlig‘i Toyloq tumaniga hokim bo‘ldi


1-avgust kuni xalq deputatlari Toyloq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu vaqtgacha tumanga rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Sa’dullayev 1-avgust kuni viloyatning boshqa — Pastdarg‘om tumaniga hokim etib tayinlangani munosabati bilan, Toyloq tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga “Agrobank” Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Bobonazarov Toyloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U “Agrobank”ning viloyat boshqarmasini 2014-yil sentabridan beri boshqarib kelayotgan edi.

1-avgust kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Toyloq va Oqdaryo tumanlarida navbatdan tashqari sessiyalar bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют