» » Buxoroning Shofirkon va Jondor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Buxoroning Shofirkon va Jondor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi


Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Furqat Tursunov tuman hokimi etib saylandi.

Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan Q.Salomov o‘rniga Sirdaryo viloyati “Paxtasanoat hududiy filiali” MChJ direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Baraka Sattorov tuman hokimi etib saylandi.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют